
"Olmaliq" - "Bank Beyrut" uchrashuvi Sport TVda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladi
Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Bugun musobaqada 2-turga start berildi.
Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" o‘rin olgan "D" guruhida ikkinchi tur o‘yini ertaga o‘tkaziladi. Aleksandr Petrov boshchiligidagi olmaliqliklar o‘z yurishlarini ertaga Livan chempioni "Bank Beyrut" jamoasiga qarshi bahs bilan boshlashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 12:00da boshlanadi. O‘yinni Sport TV to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etadi. Bu haqda UFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan "Olmaliq"qa omad va zafarlar tilab qolamiz.
Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempioni
"Phu Tho Stadium", Xoshimin
2-tur, 23.07.2017
12:00
"Olmaliq" (O‘zbekiston) - "Bank Beyrut" (Livan)
Fikrlar