
Og‘ir atletika: Sunnatilla O‘sarov 6-o‘rinni egalladi
Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kungi bahslari davom etmoqda.
Kun dasturidan o‘rin olgan og‘ir atlektika bo‘yicha -85 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi bahs o‘z yakuniga etdi. Ushbu bahslarda hamyurtimiz Sunnatilla O‘sarov ham ishtirok etdi. Dast ko‘tarishda 158, siltab ko‘tarishda 182 kg, umumiy 340 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan sportchimiz yakunda 6-o‘rin bilan cheklandi.
Xususan, oltin medal 361 kg toshni ko‘targan iroqlik Safaa Aljumayliga nasib etgan bo‘lsa, kumush medal 360 kglik natija qayd etgan Janubiy koreyalik Yon Xak Jangga nasib etdi. Shuningdek, kuchli uchlikni Shimoliy koreyalik Myong Song Jong 348 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda, yakunlab berdi.
Fikrlar