
Odil Ahmedovni Xitoy chempioni qilgan uchrashuvdan fotogalereya
Avval xabar berganimizdek bugun Xitoy Superligasida 29-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubi ushbu turda “Beyjin Jenxe” klubini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, ushbu g‘alabadan so‘ng Ahmedovning jamoasi o‘z ochkolari sonini 68taga etkazib oldi va so‘nggi tur oldidan eng yaqin taqibchisi hisoblangan “Guanjo Evergrand”ni naqd 8 ochkoga ortda qoldirdi. Shu tariqa “Shanxay SIPG” muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvdan olingan eng sara fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov joriy mavsum Xitoy Superligasida jami 19ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar