Odil Ahmedov 31 yoshga to‘ldi!

  • 25 noyabr, 2018, 09:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov 31 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan SPORTS.uz portali iqtidorli futbolchimizni tabriklaydi, kelajak faoliyatiga omad tilaydi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov faoliyati davomida “Paxtakor”, “Anji”, “Krasnodar” kabi klublarda to‘p surgan. U 2016 yil “Krasnodar”dan “Shanxay SIPG”ga 9 mln evroga ko‘chib o‘tgan va shu tariqa o‘zbek futboli tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangan.

Odil Ahmedov O‘zbekiston terma jamoasi safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 90ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 16ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!