Novak Jokovich "Australian Open"da 7 marotaba g‘alaba qozongan ilk tennischiga aylandi

  • 27 yanvar, 2019, 16:13
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovich biroz avval "Australian Open" turniri finalida ispaniyalik Rafael Nadalni 6:3, 6:2, 6:3 mag‘lubiyatga uchratib, faoliyatidagi "Katta dubulg‘a" musobaqasida 15 sovrinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, bu g‘alaba Novakning Avstraliya ochiq chempionatidagi ettinchi sovrinidir.

Tecno

31-yoshli Novak "Australian Open" da etti marotaba g‘alaba qozongan birinchi tennischiga aylandi. U Roy Emerson va Rojer Federerni ortda qoldirdi. 

Nadal va Jokovich o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar soni 53taga etdi. Ularda Novak 28 marotaba zafar quchgan bo‘lsa, 25 marotaba mag‘lub bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!