Nemis klubi PSJ darvozabonini sotib olmoqchi

  • 23 oktabr, 2018, 20:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi mavsumni ijara asosida o‘tkazayotgan PSJ darvozaboni Kevin Trappni to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 28 yoshli futbolchining joriy mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yinlari frankfurtliklarga ma’qul kelmoqda va shu bois ular Trappni tarkibda saqlab qolishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Trapp joriy mavsum "Ayntraxt" safida jami 9ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 14ta gol o‘tkazib yubordi. Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!