
Musaevning jamoasi kuchli klub bilan durang o‘ynadi
Bugun Yaponiya J ligasida 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” klubi safarda “Sanfrechche Xirosima”ga qarshi bahs olib bordi.
Xirosimadagi “Yamaoka” stadionida kechgan qarama-qarshilikda hisob ochilmadi – 0:0. Musaev bugun zahirada qoldi.
Ushbu natijadan so‘ng “Jubilo Ivata” jamg‘argan ochkolar soni 4 taga etdi va jamoa turnir jadvalidagi 18 klub orasida 14-o‘rinda bormoqda.
Yaponiya J ligasi. 4-tur
“Sanfrechche Xirosima” – “Jubilo Ivata” 0:0.
Fikrlar