
Musaev gol kiritdi, uning jamoasi esa g‘alaba qozondi
Kecha Yaponiya J ligasida 3-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Fozil Musaev to‘p tepadigan “Jubilo Ivata” o‘z maydonida “Tokio”ni qabul qildi.
Mazkur o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Musaev o‘yinni zahirada boshladi va 83-daqiqada maydonga tushdi. Oradan 6 daqiqa o‘tar-o‘tmas esa hamyurtimiz raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.
Qayd etish joiz, mazkur g‘alaba “Jubilo Ivata”ning mavsumdagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.
Yaponiya J ligasi. 3-tur
“Jubilo Ivata” – “Tokio” 2:0
Gollar: Adailton (52), Musaev (89).
Fikrlar