
Morata: Yozda Ispaniya yoki Italiyaga qaytmoqchi bo‘lganman
Londonning "Chelsi" klubi forvardi Alvaro Morata joriy yoz jamoasini o‘zgartirishni istagani haqida gapirib o‘tdi.
“Yozda men Italiya yoki Ispaniyaga qaytishni xohlagandim. Men “Chelsi”ga JCh-2018ga borish uchun kelgandim, biroq yakunda Ispaniya terma jamoasiga kira olmadim.
Bu davrlar men uchun juda qiyin edi, lekin hozir o‘tmishni eslashni xohlamayman. Endi men keyingi mundialga borish uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman”, - deydi Morata.
Ma’lumot uchun, Morata joriy mavsum “Chelsi” safida jami 5ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar