
Mishga Ge "To‘rt qit’a chempionati" turnirida qatnashmoqda
Figurali uchish bo‘yicha mamlatimizning eng kuchli sportchisi Misha Ge Janubiy Koreyaning Seul shahrida boshlangan figurali uchish bo‘yicha nufuzli musobaqa - "To‘rt qit’a chempionatida" ishtirok etmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada Osiyo, Amerika, Afrika va Avstraliyaning eng kuchli figurali uchish ustalari g‘oliblik uchun kurashadi.
Seuldagi bu musobaqa Misha Ge uchun Yaponiyaning Sapporo shahrida bo‘ladigan VIII qishki Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘taydi.
Fikrlar