
Marten Furkad mass-startda g‘alaba qozona olmadi
Bir necha daqiqa avval Finlyandiyaning Kontiolaxti shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogi navbatdagi bosqich doirasidan o‘rin olgan erkaklar o‘rtasidagi mass-start poygasi yakuniga etdi.
Qiziqarli o‘tgan bellashuvda avstriyalik Julian Eberxard g‘alaba qozondi. Eberxard garchi o‘q otishda ikkita xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa ham asosiy raqibi frantsiyalik Marten Furkadni 6,9 soniyaga ortda qoldira oldi. Rossiyalik Anton Shipulin marra sizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
Biatlon. Mass-start, erkaklar
1 | Yulian Eberxard | 38.04,8 (0+0+1+1) |
2 | Marten Furkad | 00.06,9 (2+0+0+0) |
3 | Anton Shipulin | 00.19,3 (0+1+0+0) |
Fikrlar