
Markaziy Osiyo I ochiq chempionatida qilichbozlarimiz tengsiz
Kadetlar o‘rtasidagi qilich yo‘nalishida barcha medallar vakillarimizga nasib qildi. Ushbu bahslarda Sherzod Mamutov, Fazilbek Genjaboev va Bobur Rasulov shohsupagan ko‘tarildi.
Shamshir bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida hamyurtimiz Jasmina Suvonova g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, qirg‘izistonlik Kamila Abdulxamitova kumush, umidli sportchilarimiz Shahzoda Egamberdieva hamda Rada Qosimova esa bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Qilich yo‘nalishi bo‘yicha kadetlar o‘rtasida Zaynab Davibekova, Venera Isroilova, Shahnoza Tog‘aymuratova, Gulbonu Esemuratova kabi umidli sportchilarimiz shohsupaga ko‘tarildi.
Bugun, 16 fevral kuni chempionatning o‘smirlar va qiz bolalar o‘rtasida rapira bo‘yicha, kadet yoshlar va qizlar o‘rtasida qilich bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.
Fikrlar