
Maradona yangi jamoasida ish boshlamay turib u erdan ketish haqida o‘ylay boshladi
"Dinamo-Brest" klubi bosh murabbiyi Diego Maradona jamoadan ketmoqchi. Bu haqda Pablolayus nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra argentinalik futbol afsonasiga Venesueladan jiddiy taklif tushmoqda va u ushbu taklifni qabul qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 57 yoshli Maradona "Dinamo-Brest" klubini joriy yilning may oyida qabul qilib olgan edi. Biroq, iyun oyini to‘liq Rossiyada o‘tgan JCh-2018ga bag‘ishladi, keyin esa 1,5 oy ta’til olib vataniga jo‘nab ketdi.
Fikrlar