
"Manchester Yunayted" De Xeaning o‘rinbosari uchun 80 mln evro sarflashi mumkin
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi o‘zining asosiy darvozaboni David de Xea bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Biroq, Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar ispaniyalik futbolchi MYuning taklifini rad etsa va boshqa jamoaga o‘tib ketsa, u holda “qizil iblislar” uning o‘rniga "Everton" posboni Jordan Pikfordni olib kelishadi. Angliyalik iqtidor egasi uchun esa mankuanliklar 80 mln evro sarflashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, De Xeaning MYu bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Ammo, APL grandi ushbu kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqiga ega.
Fikrlar