MMA jangchisi raqibining og‘ir zarbalariga dosh bera olmay, hayotdan ko‘z yumdi

CHERY AUTO

Aralash yakkakurashlar jangchisi Donshey Uayt o‘zining navbatdagi bellashuvida raqibidan qabul qilingan og‘ir zarbalar seriyasidan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan. Sherdog nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, mazkur jang 15 iyul kuni Amerikaning Lyuisvill (Kentukki shtati) shahrida “Hardrock MMA 90” turniri doirasida o‘tkazilgan. Uning raqibi super og‘ir vaznli sportchi Riki Myuz bo‘lgan.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, Uayt ikkinchi raundda kuchli va aniq zarbalarni o‘tkazib yuborgan, shundan so‘ng referi jangni to‘xtatishni va jarohat olgan sportchiga tibbiy yordam ko‘rsatilishini e’lon qilgan. Bir necha soniyadan so‘ng jangchi o‘ziga kelib, “qafas devori”ga suyanib harakatlana boshlagan, biroq tezda hushsiz erga yiqilgan.

Shundan so‘ng tezda 37 yoshli sportchi shifoxonaga etkazilgan va bir necha daqiqalardan so‘ng hayot bilan vidolashgan. Hozircha Uayt o‘limining aniq sababi oshkor qilinganicha yo‘q.

Danshey uchun bu jang 2015 yil noyabridan beri ilk to‘qnashuv edi. U so‘nggi jangini “Hardrock MMA 76” turniri doirasida o‘tkazib, kichik Jon Jonsonni birinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!