
“Liverpul”ning asosiy “qurollari” “MYu”ga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda
“Liverpul” jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Manchester Yunayted”ga qarshi APL 21-turida Jordan Xenderson, Filippe Koutino va Joel Matip tushishiga umid bildirdi.
“Ularning hammasi uchrashuv oldidan mashg‘ulotlarda qatnashdi. Ammo ularni maydonga tushirish oldilan vaziyatga va ularning holatiga baho beramiz. Lekin ular maydonga tushishi mumkin” — deydi Klopp.
Koutino o‘ynamayotgan paytda jamoaga rang-baranglik va vaziyatlarni oxiriga etkazish kabi hususiyatlar etishmayati. Xenderson bilan ham xuddi shunday. Ular yo‘q paytda umuman boshqacha yo‘l qidirishimizga to‘g‘ri keladi” – dedi germaniyalik murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, “MYu” va “Liverpul” o‘rtasidagi uchrashuv 15 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Fikrlar