
Kontening assistenti kecha el klasikoga tashrif buyurdi
“Real” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi aytilayotgan Antonio Kontening assistentlaridan biri kecha “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan El Klasikoga tashrif buyurdi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra italiyalik mutaxassisning yordamchisi ushbu o‘yinga kelishidan asosiy sabab Kontega bo‘lajak jamoasi va undagi futbolchilar haqida ma’lumot to‘plash bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Konte ayni damda ishsiz hisoblanadi. Ammo, uning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi haligacha bekor qilinmagan.
Fikrlar