Kontador "Vuelta"ni birinchi raqamda boshlaydi

CHERY AUTO

 “Vuelta” ko‘p kunlik poygalari tashkilotchilari poygada etakchilik bibini ispaniyalik Alberto Kontadorga topshirishga qaror qilishdi.

Tecno

Aslida, birinchi raqam ushbu ko‘p kunlikning so‘nggi g‘olibiga topshirilishi kerak edi. Biroq kolumbiyalik Nayro Kintana bu yilgi musobaqani o‘tkazib yuboradi.

Ko‘p kunlikning 2016 yilgi bahslarida ikkinchi o‘rinni britaniyalik Kristofer Frum egallagandi, ammo tashkilotchilar Kontadorning faoliyatini yakunlayotganini hisobga olgan holda, shunday qarorga kelishgan.

Qayd etish lozim, 34 yoshli sportchi “Vuelta” ko‘p kunligida 2008, 2012 va 2014yillarda g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!