
Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Argentina terma jamoasida ish boshlashi mumkin
Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Pekerman o‘z lavozimini tark etadi.
Kolumbiyalik jurnalist Felipe Espinalning xabar berishicha Pekerman ayni damda Argentina futbol federatsiyasi bilan mamlakat terma jamoasida sport direktori lavozimida ishlash borasida muzokaralar olib bormoqda va bu muzokaralar deyarli yakuniga etgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq JCh-2018dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli o‘z lavozimini tark etishi va uning o‘rnini Peru termasi ustozi Rikardo Gareka egallashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar