
"Iftixor" yangi mavsumda munosib qatnashmoqchi
O‘tgan mavsum Pro-Liga "B" guruhida ishtirok etgan Oltiariqning "Iftixor" klubi yangi mavsumda munosib ishtirok etishni maqsad qilmoqda.
Oldingi mavsumdagi kamchiliklardan tegishli xulosalarni chiqargan jamoa rahbarlari yangi mavsumda muxlislarni xursand qilishni rejalashtirgan. Jamoa a’zolari «Hokim kubogi - 2019» dagi ishtirokidan so‘ng, qisqa ta’tilga chiqishgan edi. Endi futbolchilar 23 fevraldan boshlab bu yilgi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishadi.
Ta’kidlash kerakki "Iftixor" o‘z safiga bir qator yangi futbolchilarni taklif qilgan. Bu mavsumda jamoa oldiga katta maqsadlar qo‘yilgan. «Iftixor» titul homiyga ham ega bo‘lish arafasida.
Fikrlar