“Iftixor” – “Sherdor” uchrashuvi 1 oktyabrga ko‘chirildi, chunki...

  • 24 sentabr, 2018, 21:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro-Liga 28 turi doirasida 30 sentyabr kuni o‘tkazilishi belgilangan “Iftixor” – “Sherdor” o‘yini “Iftixor” klubi uy stadioni hisoblangan “Markaziy” stadioni xududida rekonstruktsiya ishlari davom etayotgani bois, bir kun keyinga surildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Xabaringiz bor, 28 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” Dasturi hamda bu borada qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash borasidagi PQ-3630 sonli qarori imzolangan va ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida respublikaning barcha xududlarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ham ayni damda katta xajmdagi bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Tuman markazidagi “Buyum bozori” hamda “Dehqon bozori” xududlarida olib borilayotgan rekonstruktsiya ishlari hamon olib borilayotgani bois, tuman ma’muriyati ushbu bozorlarning bir qismini “Iftihor” klubi stadioni joylashgan xududga ko‘chirgan. Tuman ma’muriyati shanba va yakshanba kunlari tumanning barcha burchaklaridan ko‘plab aholining bozorlarga kelishini inobatga olib, klubning uy uchrashuvlarini vaqtinchalik boshqa kunlarga ko‘chirilishini so‘rab Professional Futbol Ligasiga murojaat qilgan.

Ushbu murojaatni inobatga olib, Professional Futbol Ligasi Pro-Liga B, 28-turi doirasidagi “Iftihor” hamda “Sherdor” klublari o‘rtasidagi uchrashuvni 30 sentyabrdan 1 oktyabr kuniga ko‘chirish haqida qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!