
Gvardiola Shevchenkoga nima va’da bergan?
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko terma jamoa yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenkoga “Manchester Siti”da imkon berishlariga ishonishini aytdi.
“Bahorda Gvardiola bilan gaplashganimda u menga Zinchenkoni kelajagi porloq futbolchi ekani va “Manchester Siti”da albatta etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini aytgan”, - deydi Shevchenko.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar davrida Zinchenkoning jamoadan ketishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, Gvardiola yakunda uni “siti”da olib qoldi.
Fikrlar