Golovin "Monako" futbolchisiga aylanadi

  • 21 iyul, 2018, 13:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin bir oyog‘i bilan “Monako”da bo‘lib turibdi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra monakolikar 22 yoshli Rossiya terma jamoasi a’zosi uchun kurashda “Chelsi”ni ortda qoldirishga erishishgan. Aytish lozimki, “aristokratlar” Golovin uchun moskvaliklarga 30 million evro taklif qilishgan bo‘lishsa, “Monako” 35 million va’da qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Golovin yaqinda nihoyasiga etgan JCh-2018 musobaqasi davomida Rossiya terma jamoasi safida yorqin o‘yinlari bilan ajralib turgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!