Federer: "37 yoshimda ham shunday o‘yin ko‘rsatayotganimdan faxrlanaman"

  • 18 noyabr, 2018, 20:00
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Tennis olamida o‘ziga xos iz qoldirib ulgurgun 37 yoshli shveytsariyalik teninschi Rojer Federer o‘zining 2018 yilgi o‘yinlari haqida xulosasini aytib o‘tdi. 

Tecno

Kecha tunda yakuniy musobaqaning yarim finalidan o‘rin olgan bahs Rojer uchun mavsumdagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi. Umuman olganda bu tennischi yil boshidagi Avstraliya ochiq chempionatida g‘alaba qozonib, 20-bor Katta dubulg‘u turnirlaridan g‘alabasini tantana qildi va mavsum davomida biroz muddat jahon tojini qayta kiygandi.

"Sampars bir gapni aytgan edi: Agar sen Katta dubulg‘ada g‘alaba qilgan bo‘lsang, yilni yaxshi o‘tkazibsan". Ha, men bu yil Avstraliyada g‘alaba qozondim. Xulosa qilish mumkinki, 2018 yil men uchun yaxshi o‘tdi. Yaqinda yana bu mamlakatga boramiz. Bu qaytishni sabrsizlik bilan kutyapman. Umuman 37 yoshimda bunday darajada o‘yin ko‘rsatayotganimdan faxrlanaman. 5 yil avval belimdagi jarohatim bilan olishayotgan paytimda bu yilgidek yana jahon reytingida birinchi raqam bo‘lishga qaytishimni o‘ylamaganman ham", – deydi shveytsariyalik raketka ustasi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!