
FIFA La Liga rahbariyatiga qarshi chiqdi
FIFA kengashi bugungi yig‘ilishda Ispaniya La Ligasi 21-turidan o‘rin olgan "Jirona" hamda "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni AQSh hududida o‘tishini taqiqlab qo‘ydi.
"Men bunga qarshiman va bu o‘yinning Mayamida o‘tishiga ruhsat bermayman. Milliy chempionat o‘yinlari o‘sha mamlakatning o‘zida o‘tishi kerak", - dedi tashkilot rahbari Janni Infantino.
Shu tariqa, FIFA mazkur uchrashuvni AQShda o‘tishini istamagan Ispaniya Futbol Federatsiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Fikrlar