Engil atletika bo‘yicha mamlakat chempionati davom etmoqda (foto)

CHERY AUTO

  Toshkent tibbiyot akademiyasining "Shifokor" stadionida engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati hamda 1995-1997 yillarda tavallud topgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

  Mamlakat chempionati bahslarida 358 nafar ishtirokchi g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilish umidida intilmoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda 10 km. masofaga yugurishda toshkentlik Nadya Do‘sanova tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi. Yadro uloqtirish borasida Ekaterina Tunkusskaya (Farg‘ona) tengdoshlaridan ustun keldi. Grigoriy Kamulya (Toshkent) uzunlikka sakrashda g‘oliblik nashidasini surdi. Roksana Xudoyarova (Samarqand) 100 metrga yugurishda birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Jaloliddin Hamroqulov (Qashqadaryo), Sanjar Baxtiyorov (Samarqand), Asal Muxtorova (Farg‘ona),Evgeniy Fadeev (Surxondaryo), Dmitriy Melsitov (Sirdaryo) lar ham engil atletika bahslari bo‘yicha birinchi bo‘ldilar.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!