
Endi "Borussiya" Dortmund ham Pentek uchun kurashga qo‘shildi
Italiyaning “Jenoa” klubi forvardi Kshishtof Pentek navbatdagi top klub qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 23 yoshli polshalik futbolchi uchun “Barselona”, “Bavariya” va “Chelsi” kabi jamoalarning ortidan Dortmundnning “Borussiya” klubi ham kurashga qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Jenoa” Pentekning transfer bahosini e’lon qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Pentek joriy mavsum genuyaliklar safida jami 8ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 13 bor ishg‘ol etishga erishgan.
Fikrlar