
Emeri va Monchi yana birga ishlashi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi "Roma" sport direktori Ramon Monchini o‘z safida ko‘rmoqchi.
Football-Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 50 yoshli funktsionerning transferi uchun rimliklarga 1 mln evro to‘lashga tayyor. Ta’kidlash kerakki, Monchining “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi.
Eslatib o‘tamiz, Monchi “Arsenal” bosh murabbiyi Unai Emeri bilan “Sevilya”da bir necha yil birga muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan.
Fikrlar