
Ejeni Bushar amerikalik sherigi bilan katta ishga qo‘l urdi
Kanadalik Ejeni Bushar va amerikalik Sofiya Kenin Oklend shahri mezbonlik qilgan musobaqaning juftlik bahslarida g‘alaba qozondi.
Ejeni va Sofiya final uchrashuvida amerikalik Teylor Taunsend va yangi zelandiyalik Peydj Meri Xurigan tandemini 1:6, 6:1, 10:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
"ASB Classic" musobaqasidagi ushbu g‘alaba Bushar va Kenin uchun 280 reyting ochkosi va 6,150 AQSh dollari pul mukofotini keltirdi.
Fikrlar