
Darya Frayman uchun "Australian Open" erta yakunlandi
Rossiyalik tennischi Darya Frayman o‘smirlar o‘rtasidagi "Australian Open" turnirining ikkinchi davrasida mag‘lubiyatga uchradi.
Darya ikki yarim soat davom etgan o‘yinda vengriyalik Adrienn Nagiga 2:6, 6:2, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi Nagi Avstraliya ochiq chempionatining uchinchi davrasida tailandlik Mananchay Samangkaevga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar