Danni Uelbekning jarohati jiddiy, u operatsiya qilindi

  • 12 noyabr, 2018, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi forvardi Danni Uelbek jarohatlangan to‘pig‘idan operatsiya qilindi. "Kanonirlar" ustozi Unai Emeri​ning ko‘zlariga ko‘ra u endi uzoq vaqt jamoaga yordam berolmaydi.

Tecno

“U uzoq muddat tarkibda bo‘lmaydi deb o‘ylayman. Uelbek mavsum yakunigacha safga qaytishi mumkinmi? Uning jarohati jiddiy va u qachon sog‘ayishi haqida shifokorlar bilan gaplashish kerak”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Uelbek joriy mavsum “Arsenal” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 5ta gol urishga erishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!