
Chim ustida xokkeychilar Pokistondan zafar ila qaytdi (foto)
Pokistonning Lahor shahrida chim ustida xokkey bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz vatanimizga yorug‘ yuz bilan qaytib keldilar.
Nufuzli musobaqa Tokio-2020 Olimpiadasiga litsenziya beruvchi xalqaro turnir bo‘lgani bilan ham ahamiyatlidir. Sportchilarimiz Afg‘oniston (11:0), Nepal (6:1), Qozog‘iston (6:2) terma jamoalarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
Lahordagi turnirning barcha o‘yinlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan terma jamoamiz mazkur musobaqaning kelasi yili Hindistonda davom etadigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
.jpg?1545628658806)
.jpg?1545628670445)
.jpg?1545628679421)
.jpg?1545628687419)
.jpg?1545628694376)
.jpg?1545628701330)
.jpg?1545628708301)
.jpg?1545628715059)
.jpg?1545628721375)
.jpg?1545628729467)
Fikrlar