
Cherchesov: Golovinning transferi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozim
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov yaqindagina "Monako" bilan shartnoma imzolagan shogirdi Aleksandr Golovin haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Ilgari Monako men uchun faqat ajoyib shampan vatani sifatida ma’lum edi. Endi esa bizning futbolchimiz 30 million evro evaziga u erga futbol o‘ynash uchun ketdi. Muvaffaqiyatsiz turnirdan so‘ng shampan ichishga emas, balki katta shartnoma imzolashga ketdi. Bu barchaga o‘rnak bo‘lishi lozim”, - deydi Cherchesov.
Eslatib o‘tamiz, TsSKAdan “Monako”ga 30 mln evroga transfer qilingan Golovin Rossiya futboli tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi.
Fikrlar