
"Chelsi" Konte o‘rniga yangi murabbiy topib qo‘ydi
“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte mavsum yakunida “Stemford Brij”ni tark etishi mumkinligini yashirmagan. Ayni damda uning “Inter” va “Barselona” klublari qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, italiyalik mutaxassis oilasi shu vaqtgacha vatanida. Shu sabab uning Italiyaga qaytish ehtimoli katta.
“Chelsi” xo‘jayini Kontening shartnomasi 2018 yilda yakuniga etishiga qaramasdan uning ketishiga qarshi emas.
Londonliklar uning o‘rniga yangi murabbiy topish uchun ko‘p vaqt sarflamasligi mumkin. Sababi TsSKA va Rossiya terma jamoasi sobiq ustozi Leonid Slutskiyni taklif qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi The Daily Express nashri.
Fikrlar