Bugun Kristian Verining rekordi takrorlanishi mumkin

  • 7 oktabr, 2018, 13:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Jenoa" klubi forvardi Kshishtof Pentek bugun afsonaviy Kristian Veraning rekordini takrorlashi mumkin.

Tecno

Buning uchun polshalik futbolchi bugun A Seriyaning 8-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Parma”ga qarshi bahsda ham gol urishi kerak. Shundagina u A Seriya startida ketma-ket 7ta o‘yinning har birida gol urishga erishgan ikkinchi futbolchiga aylanadi. Ta’kidlash kerakki, bundan avval bunday natijaga faqatgina 2002/03 yilgi mavsumda Vera erishgan edi holos.

Ma’lumot uchun, Pentek joriy mavsum A Seriyada jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasini 8 marta ishg‘ol etishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pentekka Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!