
"Borussiya" Dortmund yozda La Liga klubidan futbolchi sotib olmoqchi
Kataloniyaning "Jirona" klubi xavbeki Pedro Porro faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli ispaniyalik futbolchiga Dortmundning "Borussiya" klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Nemis grandi buning uchun “Jirona”ga naqd 50 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Porro joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar