Benites qishda "Liverpul"ning ikki nafar hujumchisini "Nyukasl" tarkibiga jalb etmoqchi

  • 18 oktabr, 2018, 17:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Nyukasl" klubi mavsum startidagi omadsiz natijalardan so‘ng qishda jamoaning hujum chizig‘ini keskin kuchaytirmoqchi.

Tecno

The Chronicle nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites davralar oralig‘ida "Liverpul"ning ikki forvardi - Divok Origi va Dominik Solankelarni tarkibga jalb etmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, Origi ham, Solanke ham kuchli raqobat sabab ayni damda mersisaydliklar safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lisholmayapti. Shu bois ular “Nyukasl”dan bo‘ladigan taklifni jon deb ko‘rib chiqishlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!