Bekzod Abdurahmonov jahon chempionatida terma jamoamizga ilk medalni taqdim etdi

CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati start oldi.

Tecno

Bugun musobaqada medallar uchun bahslar o‘tkazildi. Quvonarlisi, -74 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etgan hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Abdurahmonov musobaqada gruziyalik raqibga mag‘lub bo‘lgandi. Ammo, keyinchalik unda bronza medali uchun kurash olib borish imkoniyati paydo bo‘ldi. U avvaliga Polsha, keyin esa Ozarbayjon vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medali uchun jang qilish huquqiga ega bo‘ldi.

Medal uchun jangda turkiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va O‘zbekiston hisobiga ushbu jahon chempionatidagi dastlabki medalni qo‘shib qo‘ydi.

Manbaa: MOQ rasmiy sayti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!