
"Arsenal" va "Tottenxem" jarimaga tortilishdi
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) "Arsenal" va "Tottenxem"ni jazoladi.
Unga ko‘ra ushbu jamoalar APLning 14-turida maydonda janjal keltirib chiqarishgani uchun jarimaga tortilishgan. Endi “kanonirlar” 50 ming, “shporlar” esa 55 ming evro to‘lashlari lozim.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” va “Tottenxem” o‘rtasidagi London derbisi 4:2 hisobida Unai Emeri shogirdlarining g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Fikrlar