Ana xolos! Xarri Keyn "Borussiya" Dortmundga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn kecha APLning 22-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga (1:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat oldi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” etakchisi ushbu jarohat tufayli Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Borussiya” Dortmundga qarshi ilk uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin. Uning qachon safga qaytishi esa o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, “Tottenxem” – “Borussiya” klublari o‘rtasidagi ilk uchrashuv 13 fevral kuni Londonda, javob bahsi esa 5 mart kuni Dortmundda o‘tkaziladi.



Fikrlar