
Ana xolos! Rossiya 2018 yilgi qishki olimpiadada qatnashmasligi mumkin
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) va xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rossiyalik sportchilarning kelgusi yil Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida bo‘lib o‘tadigan qishki olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishini ta’qiqlashi mumkin. Rossiyalik sportchilarning qonida aniqlangan doping bunga sabab bo‘lmoqda.
The New York Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra doping mojarolariga aralashib qolgan Rossiya terma jamoasini xalqaro olimpiya qo‘mitasi faqat bitta shart bilan musobaqaga qo‘yishi mumkin. Unga ko‘ra olimpiada bahslari paytida Rossiya davlat madhiyasi yangramaydi va ushbu yurt delegatsiyasi musobaqaning ochilish marosimida ishtirok etmaydi. Biroq, Rossiya hukumati bunday shart evaziga musobaqada ishtirok etishni istamayapti.
Yuqoridagi masala yuzasidan WADA va XOQning yakuniy qarori tez kunlarda qabul qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, bu safargi qishki olimpiada o‘yinlari 2018 yilning 9 – 25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar