Ana xolos! Fozil Musaev endi Inestaga qarshi o‘ynashi mumkin

  • 8 may, 2018, 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Andres Inesta faoliyatini Yaponiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli ispaniyalik futbolchi “Vissel Kobe” klubi bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra Inesta yapon jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi esa 30 mln dollarni tashkil etadi.

Xabarlarga qaraganda ushbu transferda “Vissel Kobe” xo‘jayini Xiroshi Mikitaning roli juda katta bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, Mikitani “Barselona”ning ayni damdagi titul homiysi hisoblangan Rakuten kompaniyasining bosh direktori hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Vissel Kobe” chempionatning o‘tkazilgan 13ta turidan so‘ng 10-pog‘onada bormoqda. Ushbu jamoada shuningdek Lukas Podolski ham to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, Inesta ko‘chib o‘tadigan chempionatning “Jubilo Ivata” klubida hamyurtimiz Fozil Musaev harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!