A seriyada 7 o‘yinda 10 ta gol urgan futbolchi grand jamoalardan biriga o‘tishga yaqin turibdi

  • 17 oktabr, 2018, 19:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Jenoa" klubi hujumchisi Kshishtof Pentekka Evropaning bir qator top klublari jiddiy qiziqib qolgan. Bu haqda uning agenti Tomash Madyarj Goal.com ga ma’lum qildi.

Tecno

- Kshishtofning ushbu muvaffaqiyatga erishishining asosi omili nimada? Menimcha, bu uning juda samimiyligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. A seriyada erishayotgan muvaffaqiyatlariga qaramasdan, u hamon o‘zligini yo‘qotmay kelmoqda. Ayni paytda bizga bir necha jamoalar jiddiy taklif bilan murojaat qilishgan. Biroq buni OAVga oshkor qilmay turganimiz ma’qul. Hozir A seriya - uning uyi. Kelajakda nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.

Qayd etish lozim, oldinroq o‘tgan 7 o‘yinda 10 ta gol urgan 23 yoshli futbolchiga "Chelsi", "Barselona", "Yuventus", "Bavariya", "Roma" va Dortmundning "Borussiya" jamoalaridan qiziqish bildirilayotgani xabar qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!