
A Seriya. “Napoli” qiyinchilik bilan “Latsio”ni mag‘lub qildi
Italiya chempionati 20-turida markaziy o‘yinida “Napoli” jamoasi o‘z maydonida “Latsio” futbolchilarini qabul qildi.
Neapol shahridagi “San-Paolo” stadionida kechgan bahsda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Xose Kalexon va Arkadiush Milikning gollari neapolliklarga 3 ochko keltirdi.
Napoli – Latsio 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 34 Kalexon, 2:0 – 37 Milik, 2:1 – 65 Immobile.
Napoli – Meret, Malkyui, Albiol, Maksimovich, Mariu Ruy, Kalexon (Xyusay, 88), Fabian Ruis, Diavara (Verdi, 72), Zelinski, Mertens (Una, 82), Milik.
Latsio – Strakosha, Luis Felipe (Bashtush, 28), Acherbi, Radu, Lulich, Parolo, Leyva, Milinkovich-Savich (Gabarron, 73), Lukaku (Korrea, 46), Luis Alberto, Immobile.
Ogohlantirishlar: Milinkovich-Savich (20), Acherbi (36), Luis Alberto (87), Zelinski (88), Lulich (90).
Chetlatish: Acherbi (70).
Fikrlar