8 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi qiz Singapurda o‘tkazilgan turnirda ikkita toifa bo‘yicha sovrindor bo‘ldi

  • 21 iyul, 2024, 17:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

2024 yilning 20 iyul kuni "FIDE"ning 100 yilligi munosabati bilan butun dunyo bo‘ylab shaxmat marafoni tashkil etildi. Tashkilotchilarning asosiy maqsadi 24 soat ichida eng ko‘p shaxmat o‘yinlari bo‘yicha Ginnesning kitobiga kirish bo‘lgan. Ushbu marafonda grossmeyster yoki havaskorlar ham ishtirok etishi mumkin edi. 



Jumladan, 20 iyul sanasida "FIDE"ning 100 yilligi munosabati bilan Singapurda ham turnir tashkil etildi ("FIDE 100 GUINNESS WORLD RECORDS"). Mazkur musobaqaning umumiy ro‘yxatida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritganlardan tashqari 3 ta ayol va har bir yosh toifasidan 3 tadan shaxmatchi taqdirlandi. 



Quvonarlisi, mazkur turnirda o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etdi. Asilbek Abdulazizov, Asmiraxon Abldulazizova va Asmina Abdulazizova shular jumlasidandir. Hamyurtlarimiz Singapur, Malayziya, Indoneziya hamda Hindistondan kelgan sportchilar bilan sovrinli o‘rinlar uchun dona surdi. 



E’tiborli tomoni shundaki, 8 yoshli shaxmatchimiz Asmina Abdulazizova 2 ta toifa bo‘yicha bo‘yicha sovrinli o‘ringa ega chiqdi: 8 yoshlilar o‘rtasida kumush medal (2-o‘rin) hamda "Ladies Group"da (ayollar guruhi) ham kumush medal (2-o‘rin). 



Shuningdek, 16 yoshli Asmiraxon Abdulazizova "Ladies Group" kategoriyasida birinchi pog‘onani band etdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!