40 yoshli La Liga afsonasi Buffon va Ibragimovichga havas qilgan ko‘rinadi

  • 6 iyul, 2022, 20:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Betis" sardori Xoakin Sanches bilan shartnomani uzaytirganini ma’lum qildi. Bu haqda klub o‘zining rasmiy saytida xabar bergan.

Tecno

Shu oy oxirida 41 yoshni qarshi oladigan yarim himoyachi yana bir yil qadrdon jamoasi sharafini himoya qilishi mumkin. Shuningdek, ispaniyalik futbolchi bu uning professional futbolchi sifatidagi so‘nggi mavsumi ekanini aytib o‘tgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Xoakin "Betis"da 7 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. U aynan shu klub tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Yarim himoyachi o‘tgan mavsum barcha turnirlar doirasida 36 o‘yin o‘tkazib, 2 gol va 4 assist muallifiga aylangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!