
40 yoshli Diego Forlan nihoyat faoliyatini yakunladi
Urugvaylik mashhur hujumchi Diego Forlan butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
“Menga faoliyatimni davom ettirishni taklif qilishdi, ammo men rad etdim. Farzandli bo‘lganimdan so‘ng fikrim o‘zgardi va faoliyatim yakuniga etganini tushunib etdim. Xayrlashuv uchrashuvi esa "Sentenario" safida "Penyarol" yoki Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi”, - deydi 40 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, Forlan o‘zining professional faoliyatini 1997 yilda boshlagan. U o‘tgan davr mobaynida "Independente", "Manchester Yunayted", "Vilyarreal", "Atletiko", "Inter", "Internasonal", "Sereso Osaka", "Penyarol", "Mumbai Siti" va "Kitchi" klublarida to‘p surdi. Urugvay terma jamoasida esa 112ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 36ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. 22 yillik faoliyati davomida jami 9ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Fikrlar