36 yoshli Kualyarella A Seriyada Ibragimovichning rekordini takrorlashga juda yaqin turibdi

  • 13 may, 2019, 11:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sampdoriya” hujumchisi Fabio Kualyarella kecha “Empoli”ga (1:2) qarshi bahsda penaltidan gol urib o‘zining chempionatdagi gollari sonini 26taga etkazib oldi. Qayd etish lozimki, u ayni damda A Seriya to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Tecno

E’tiborlisi, 36 yoshli hujumchi joriy mavsum 9-marta penaltidan gol urdi. Kualyarella shu tariqa 2011/12 yilgi mavsumda “Milan”ning sobiq forvardi Zlatan Ibragimovich tomonidan o‘rnatilgan rekordga yanada yaqinlashdi. O‘sha mavsum shvetsiyalik futbolchi naqd 10ta penaltini aniq amalga oshirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!