
26 sentyabr tongida "UFC 266" turniri bo‘lib o‘tadi. To‘liq juftliklar bilan tanishing!
Bu haftaning dam olish kunlari bizni navbatdagi raqamli turnir — “UFC 266” kutib turibdi. Ya’ni, O‘zbekiston vaqti bilan 26 sentyabrga o‘tar kechasi ushbu turnir start oladi. Mazkur kecha AQShning Las-Vegas shahri “T-Mobile Arena”da tashkil qilinadi va ikki chempionlik jangi va bir qator qiziqarli o‘tishi kutilayotgan qarama-qarshiliklar o‘rin olgan.
Quyida, “UFC 266” turnirining to‘liq fayt-kardini e’tiboringizga havola etamiz.
Asosiy kard:
Aleksandr Volkanovski (Avstraliya) - Brayan Ortega (AQSh) - Yarim engil vaznda chempionlik jangi
Valentina Shevchenko (Qirg‘iziston) - Loren Myorfi (AQSh) - ayollar o‘rtasidagi super engil vaznida chempionlik jangi;
Nik Dias (AQSh) - Robbi Louler (AQSh);
Kyortis Bleyds (AQSh) - Jairzino Rozenstrayk (Surinam);
Djessika Andrade (braziliya) - Sintiya Kalvilo (AQSh).
Prelim kard:
Marlon Moraes (Braziliya) - Merab Dvalishvili (Gruziya);
Den Xuker (Yangi Zellandiya) - Nasrat Haqparast (Afg‘oniston);
Shamil Abdurahimov (Rossiya) - Kris Dakas (AQSh);
Roksann Modafferi (AQSh) - Teyla Santos (Braziliya);
Urosh Medich (AQSh) - Djalin Tyorner (AQSh) ;
Manon Fioro (Frantsiya) - Mayra Bueno Silva (AQSh) ;
Nik Maksimov (AQSh) - Karl Roberson (AQSh);
Mettyu Semelsberger (AQSh) - Martin Sano (AQSh);
Djonatan Pirs (AQSh) - Vins Morales (AQSh).
Fikrlar