2036 yilgi Olimpiadaga 10 ta davlat da’vogarlik qilmoqda. Rossiya ham o‘z nomzodini qo‘ymoqchi

  • 20 oktabr, 2022, 20:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi (MOQA) umumiy assambleyasida 2036 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga 10 ta davlat da’vogarlik qilayotgani ma’lum qilindi. Biroq aynan qaysi mamlakatlar da’vogarlar ro‘yxatida borligiga aniqlik kiritilmagan. Bu haqda Inside the Games nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Avvalroq turli manbalarda Buyuk Britaniya, Misr va Janubiy Koreya 2036 yilgi Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilmoqchi ekani haqida xabar berilgandi. Rossiya ham ariza topshirishni ko‘rib chiqmoqda.

2036 yilgi Olimpiada mezboni XOQning 2023 yilda Mumbayda bo‘lib o‘tadigan sessiyasida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadi. To‘rt yildan so‘ng Los-Anjeles o‘yinlarga mezbonlik qiladi, 2032 yilda esa musobaqa Avstraliyaning Brisben shahrida bo‘lib o‘tadi.

2026 yilgi qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari Italiyaning Milan va Kortina- d’Ampetstso shaharlarida bo‘lib o‘tadi. 2030 yilgi qishki o‘yinlar mezboni esa 2023 yilda XOQning Mumbaydagi sessiyasida ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!